Orqaga

#27. String Hashing — Substring Checking

Qiyin 2000 ms 256 MB 38 yechilgan

Sizga bitta uzun S satr taqdim etiladi. Shundan so'ng ushbu satr ustida q ta so'rov beriladi. Har bir so'rovda 4 ta son keladi: l1, r1, l2, r2. Sizning vazifangiz S satrning [l1, r1] oralig'idan qirqib olingan qism satr bilan [l2, r2] oralig'idan qirqib olingan qism satr bir-biriga aynan o'xshash (teng) ekanligini aniqlashdir.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda S satri. Ikkinchi qatorda so'rovlar soni q. Keyingi q ta qatorda to'rttadan butun son: l1, r1, l2, r2 beriladi (indekslar 1 dan boshlanadi).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun qism satrlar teng bo'lsa "YES", aks holda "NO" so'zini chiqaring.

Cheklovlar

|s| ≤ 2×10⁵

Misollar

Kirish #1
abca
2
1 1 4 4
1 2 3 4
Chiqish #1
YES
NO

Yechim yuborish

Yechim yuborish uchun tizimga kiring.